Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mutaxassislar Tojikistondagi zilzila oqibatida Sarez ko‘li suv toshqiniga sabab bo‘lishi, bu esa Markaziy Osiyoning to‘rtta davlatiga ta’sir qilishini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Sputnik

Ma’lum qilinishicha, Sarez ko‘li yaqinida 7,3 magnitudali zilzila qayd etilgan. Mo‘jizaviy tarzda qurbonlar va vayronalarning oldi olindi, ammo suv ombori yaqinidagi hudud o‘n yildan ortiq vaqtdan beri mamlakatga tahdid solmoqda. Sarez ko‘li ulkan suv toshqiniga, aqlbovar qilmaydigan vayronagarchilik va yuzlab odamlarning o‘limga olib kelishi mumkin.

Sarez ko‘li qanday paydo bo‘lgan?

Hammasi 1911-yilda boshlangan. Kuchli zilzila Usoy qishlog‘ini butunlay yo‘q qilgan va Usoy blokirovkasi deb nomlangan tabiiy to‘g‘onni vujudga keltirgan. Yangi tog‘ Murg‘ob daryosi vodiysini to‘sib, “kosa” hosil qilgan va asta-sekin suvga to‘lib borgan. Olti oydan so‘ng Sarez qishlog‘ini suv bosgan. Shu nomdagi ko‘lni intensiv to‘ldirish 1926-yilda yakunlangan. Sarez ko‘lining chuqurligi 500 metrga yetadi, umumiy hajmi esa 17 kub kilometrni tashkil etadi. Ko‘l sayyohlar orasida mashhur, ammo u yerga faqat Favqulodda vaziyatlar vazirligining ruxsati bilan borish mumkin.

Sarez ko‘li nima uchun xavfli?

Usoy to‘g‘onining vayron bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan zilzila va ko‘chkilar “geologik qamoqxona”dan ulkan hajmdagi suvning sizib chiqishiga olib keladi. Moskva davlat universiteti mexanika institutining hisob-kitoblariga ko‘ra, oqibatda balandligi 150 metrgacha bo‘lgan sel 3 kilometrdan ortiq balandlikdan chiqib ketadi. Vodiylarda to‘lqin balandligi 15 metrga tushadi, bu uch qavatli uyning balandligiga teng. Mazkur favqulodda holat nafaqat Tojikiston, balki O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston hududlariga ham ta’sir qiladi. Bugungi kunda 6 million kishi potensial xavfli hududlarda istiqomat qiladi. Inson hayotidan tashqari, tabiat hodisasi infratuzilmaga, yo‘llar, ko‘priklar, inshootlarni vayron qiladi.

Qanday qilib falokatdan qochish mumkin?

SSSRda ham Usoy to‘g‘onida GES qurish masalasi ishlab chiqilgan edi. Ammo uni amalga oshirish murakkabligi bu ishga nuqta qo‘ydi. Tojikiston bu masalani boshqacha hal qilishga, ya’ni Sarez ko‘lidagi ichimlik suvini xorijga sotishga qaror qildi. O‘nlab davlatlar bilan muzokaralar olib borildi, biroq faqat Xitoy kelishuvga rozi bo‘ldi. Sarez ko‘li tun-u kun kuzatuv ostida. Favqulodda vaziyatlar xizmati mutaxassislari suv omboridagi har qanday o‘zgarishlarni nazorat qilib, kuzatib boradi. Suv sathi keskin o‘zgargan taqdirda, kuzatuvchilar darhol trevoga e’lon qilishi kerak. 2020-yilda Osiyo banki uskunalarni yangilash uchun 10 million dollar ajratgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »