Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xitoyning tinchlik rejasiga munosabat bildirib, Xitoy tomoniga diplomatlar darajasida uchrashuv o‘tkazish so‘rovi yuborilganini ma’lum qildi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Zelenskiy Kiyevda Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma brifingda jurnalistlarning Xitoy taklif qilgan tinchlik rejasi bo‘yicha savoliga javob bergan.

“Men Xitoyning tinchlik rejasi bo‘yicha faqat umumiy narsalarni bilaman, mamlakatlarimiz diplomatlari uchrashishdi. Hujjatni ko‘rmadim. Shu uchun bu hujjatga ‘tashxis qo‘yish’ga hali erta”, — dedi u.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning Ukraina haqida gapira boshlagani va “ayrim signallar” yuborilayotgani yaxshi. 

“Biz uchun davlatlarning Ukraina tomonda — adolat tarafida bo‘lishi muhim. Shunga qaramay, Xitoy bu haqda gapirmoqda, bu dastlabki qadamlar. Lekin ular taklif qilayotgan rejaning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rganimizdan keyin qandaydir xulosa chiqaramiz, shundan keyin nimadir aniq bo‘ladi”, — dedi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Xitoy bilan uchrashsa ma’qul bo‘lardi. 

“Diplomatlar darajasida bu signalni Xitoyga uzatdik. Xitoy rasmiylari bilan uchrashmoqchimiz, bu hozirda Ukraina manfaatlariga mos keladi. ‘Tinchlik formulasida’ qancha davlatlar ishtirok etsa, shuncha ko‘p davlat Ukrainadagi urushni suverenitetimizni hurmat qilgan holda, adolat bilan tugatadi”, — dedi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha “tinchlik rejasi”ni e’lon qilgandi, u “barcha mamlakatlar suvereniteti”ni hurmat qilgan holda yaratilgani ta’kidlangan. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Xitoyning Ukrainadagi urushni tugatish rejasini o‘qimay turib gapirishdan ma’no yo‘qligini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »