Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari, sobiq prezident Dmitriy Medvedevning fikricha, Rossiya Ukrainada g‘alaba qozonganidan so‘ng, yangi chegaralar bo‘yicha fundamental kelishuvlarsiz “allaqanday bitimlar” tuziladi, ammo Ukraina va G‘arb davlatlari rasmiylari global mojaroni “yana qo‘zg‘atadi”, Rossiya bunga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Foto: “TASS”

“Shuning uchun ham maxsus harbiy operatsiyaning barcha maqsadlariga erishish juda muhim. Mamlakatimizga tahdidlar chegaralarini iloji boricha uzoqroqqa, hatto Polsha chegaralarigacha bo‘lsa ham, surib tashlash kerak. Neonatsizmni yer bilan yakson qilish kerak”, — deb yozdi Medvedev Telegram’dagi postida.

Uning fikricha, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi bo‘lajak muzokaralar qiyin va asabiy ruhda bo‘ladi, chunki haqiqiy qarorlar Ukraina rasmiylari tomonidan emas, balki “chet elda” qabul qilinadi. Muxoliflar Moskvani imkon qadar zaiflashtirish niyatida va shuning uchun ular Ukrainadagi urush davom etishini istashadi, deya ta’kidladi Rossiya sobiq prezidenti.

Avvalroq Medvedev agar AQSH Rossiyani mag‘lub etmoqchi bo‘lsa, Moskva o‘zini har qanday qurol, jumladan, yadroviy qurol bilan himoya qilishga haqli ekanini da’vo qilgandi. Medvedev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Rossiyani jang maydonida yengib bo‘lmaydi” degan so‘zlarini keltirib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Polsha hukumati Rossiya va Belarus bilan chegaralarda mudofaa to‘siqlarini, jumladan, tankka qarshi to‘siqlarni o‘rnatishni boshlagani haqida xabar berilgan. Mamlakat mudofaa vaziri Polsha—Rossiya va Polsha—Belarus chegaralarida nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinidagi yo‘lda metall va betondan yasalgan tankka qarshi to‘siqlarning bir nechta fotosuratlarini e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »