Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand shahrida fuqarolarni Meksika orqali AQSHga yubormoqchi bo‘lgan yana bir erkak ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, boshqarmaga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahrida yashovchi shaxs firibgarlik yo‘li orqali fuqarolarni AQSHga jo‘natish bilan shug‘ullanib kelayotganini aytgan. U fuqarolarni dastlab, Yevropa davlatlari orqali Meksikaga, shundan so‘ng AQSHga olib o‘tib qo‘yishni va’da qilib, har bir shaxs uchun 40 ming dollardan so‘ragan. 

Fuqarolar dastlab hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 10 ming dollar berishi kerak bo‘lgan. Olib borilgan tezkor tadbirda fuqaro ariza yozgan shaxsdan 10 ming dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »