Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyoning 43 mamlakatida bir milliarddan ortiq odam vabo bilan kasallanish xavfi ostida. Ushbu haftada yana uch mamlakatda yangi vabo epidemiyasi qayd etilgan. Bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) vabo va diareya epidemik kasalliklari bo‘yicha guruh rahbari Filipp Barboza ma’lum qildi.

Foto: Asia Plus

“Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, 43 mamlakatda milliarddan ortiq odam vabo bilan kasallanish xavfi ostida. O‘tgan haftaning o‘zida uch mamlakatda yangi epidemiyalar qayd etilgan. Hozirda JSSTning beshta mintaqasida joylashgan jami 22 davlat vabo epidemiyasiga qarshi kurashmoqda”, — dedi Filipp Barboza brifingda.

Barboza 2021-yil bilan solishtirganda 2022-yilda ikki baravar ko‘p mamlakatlar vabo epidemiyasiga duch kelganini eslatdi. U shuningdek, “o‘lim ko‘rsatkichlari oxirgi o‘n yil ichida eng yuqori” ekaniga e’tibor qaratdi.

“2021-yilda dunyo bo‘ylab vabodan o‘lim holatlari deyarli 2 foizni tashkil etdi, bu maqbul chegaradan ancha yuqori. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022 va 2023-yillar uchun ham xuddi shunday”, — dedi JSST guruhi rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vabo epidemiyalari sonining o‘sish tendensiyasi davom etmoqda. Kasallanishlar sonining ko‘payishiga qashshoqlik, mojarolar va tabiiy ofatlar sabab bo‘lmoqda.

2022-yil dekabr oyida JSST vaboga qarshi vaksinalar yetishmasligi haqida ham xabar bergandi. Filipp Barboza vaboga qarshi vaksinalarning jahon zaxiralari “bo‘shab qolgani yoki juda kam” ekanini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »