Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Xitoyning Ukrainadagi urushni tugatish rejasiga munosabat bildirib, bu borada Pekinga ishonch yo‘qligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: NATO

Stoltenberg 24-fevral kuni Estoniyaga tashrifi chog‘ida Xitoyning “tinchlik rejasi” bo‘yicha fikr bildirgan.

“Xitoyga nisbatan ishonch yo‘q, chunki u Ukrainaga noqonuniy bosqinni qoralamadi, shuningdek, bosqindan bir necha kun oldin Xitoy raisi Si Szinpin Rossiya bilan chegarasiz hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi”, — deydi NATO bosh kotibi.

Shu bilan birga, Stoltenberg Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazib berishdan ogohlantirdi. Siyosatchi bu Rossiyaning noqonuniy bosqinchilik urushini qo‘llab-quvvatlash bilan barobar ekanini bildirdi.

“Biz Xitoy nima qilayotganini diqqat bilan kuzatib boryapmiz va ular Rossiyaga o‘limga olib keluvchi yordam yuborish haqida o‘ylayotgani alomatlarini ko‘rdik. Bu juda katta xato bo‘lardi”, — deya xulosa qildi NATO bosh kotibi.

Xitoyning tinchlik rejasi

24-fevral kuni “Xitoyning Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha pozitsiyasi” hujjati e’lon qilindi, u 12 bandni o‘z ichiga oladi. Xususan, Pekin hududiy yaxlitlikni hurmat qilish haqida gapiradi, muzokaralar olib borishga chaqiradi, “bir tomonlama sanksiyalar”ga va yadro qurolidan foydalanishga qarshilik bildiradi. Shu bilan birga, Xitoy o‘z pozitsiyasida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini va agressiv mamlakatning harbiy jinoyatlarini qoralamaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »