Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chechen respublikasi Qahramoni unvoni birinchi bo‘lib respublika rahbari Ramzan Qodirovga berildi. Bu haqda Checheniston parlamenti raisi Magomed Daudov ma’lum qildi va mazkur unvon respublikadagi eng yuqori unvon ekanini ta’kidladi.

Foto: Telegram

Unvonni topshirish shartlariga muvofiq, u “qahramonlik ko‘rsatish bilan bog‘liq” holda Checheniston oldidagi “ajoyib xizmatlari uchun” beriladi. Checheniston Qahramoni unvonini berish to‘g‘risida qaror hudud rahbari tomonidan qabul qilinadi.

Daudovning tabriknomasida aytilishicha, Qodirov respublika rahbari vazifasini bajaruvchi Muslim Xuchiyevning 2022-yil 26-dekabrdagi farmoniga muvofiq ushbu unvon bilan taqdirlangan.

“Qodirov xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ko‘rsatgan fidoyiligi va jasorati, vatanga xizmat qilishning yorqin namunasi bo‘lgan dadil va qat’iy harakatlari, tinchlik va davlat yaxlitligini saqlashga, milliy xavfsizlikni ta’minlashga va vatan manfaatlarini himoya qilishga hissa qo‘shadigan faoliyat uchun alohida e’tirof etildi”, — deb ta’kidlagan Daudov.

“Mening kamtarona xizmatlarimga berilgan yuksak baho uchun jamiyatimizdan chin dildan minnatdorman”, — deya javob qaytargan Checheniston rahbari.

Qodirov Checheniston respublikasi Qahramoni unvonini 2022-yilning kuzida taʼsis etgan. Checheniston rahbari taʼkidlaganidek, unvonni qo‘lga kiritganlarga beriladigan medal sakkiz qirrali yulduz ko‘rinishidagi 70 gramm 750 probali oltindan yasalgan. Medalning pastki qismi “Allohu Akbar. Axmat-Sila” sho‘zlari bilan bezatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »