Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Xitoyning Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha pozitsiyasini olqishlaydi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi tamoyillari asosida bu muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishni har qanday bahsdan holi deb biladi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi Telegram kanalida bayonot berildi.

Foto: Flicker

“Bu (Xitoy bildirgan) pozitsiya qo‘llab-quvvatlashga loyiq”, — deyiladi Tashqi ishlar vazirligi 25-fevral kuni e’lon qilgan bayonotda.

“Biz ushbu muammoni xalqaro huquq va BMT Nizomi tamoyillari asosida tinch yo‘l bilan hal qilishning boshqa muqobili yo‘q, deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidladi Qozog‘iston TIV.

Ostona harbiy mojaroda ishtirok etayotgan tomonlar “bag‘rikenglik ko‘rsatishi, jangovar harakatlarni to‘xtatishi va imkon qadar tezroq muzokaralar stoliga o‘tirishi, dunyo hamjamiyati esa vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga har tomonlama hissa qo‘shishi” tarafdori ekanini bildirgan.

“Qozog‘iston, shuningdek, Xitoy xalq respublikasining Global xavfsizlik tashabbusi konsepsiyasida belgilangan zamonamizning dolzarb muammolarini hal qilishda mamlakatlarimizning yondashuvlari o‘xshashligini taʼkidlaydi”, — deyiladi xabarda.

Xitoyning tinchlik rejasi

24-fevral kuni “Xitoyning Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha pozitsiyasi” hujjati e’lon qilindi, u 12 bandni o‘z ichiga oladi. Xususan, Pekin hududiy yaxlitlikni hurmat qilish haqida gapiradi, muzokaralar olib borishga chaqiradi, “bir tomonlama sanksiyalar”ga va yadro qurolidan foydalanishga qarshilik bildiradi. Shu bilan birga, Xitoy o‘z pozitsiyasida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini va agressiv mamlakatning harbiy jinoyatlarini qoralamaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »