Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron harbiylari ilk bor o‘zining Shahed-149 dronining sinov parvozini namoyish qildi. Video mahalliy televideniyeda namoyish etildi, Eurasian Times esa Twitter’da uning parchasini e’lon qildi.

Foto: AP photo

Videoda dron uchish-qo‘nish yo‘lagida paydo bo‘lib, osmonga ko‘tarilgani va parvozni amalga oshirganini ko‘rish mumkin. “Meshkat” loyihasi tadqiqotchilari video 2022-yilning iyul oyida, Eronning Koshan aviabazasidagi Shahed-149 ning sun’iy yo‘ldosh surati e’lon qilinganida olingan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Foto: Twitter / Meshkat

Military Factory veb-saytiga ko‘ra, Shahed-149 Shahed Aviation Industries va Eron aviatsiya sanoat korporasiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U birinchi marta 2021-yil may oyida taqdim etilgan va 2022-yil aprel oyida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga topshirilgan.

Shahed-149 Shahed-129 g‘oyasini davom ettiradi va tashqi ko‘rinishidan AQSHning Predator va Reaper dronlariga o‘xshaydi. Eron aviaqurilmasi soddalashtirilgan aerodinamik shaklga ega. Uning ostida 360 gradusli ko‘rinishni ta’minlovchi kameralarga ega optik modul, termal tasvir, infraqizil sensor va lazer masofa o‘lchagich o‘rnatilgan. Shahed-149 razvedka va zarbalar uchun ishlab chiqilgan. Harbiy maqsaddagi parvoz paytida u 13 tagacha raketa yoki bomba olib yurishi mumkin. Bundan tashqari, dronga radioelektron urush uchun uskunalar o‘rnatilishi mumkin.

Shahed-149’ning ma’lum xususiyatlari:

  • Uzunligi: 10,5 m
  • Qanotlari kengligi: 21 m
  • Balandligi: 3,2 m
  • Og‘irligi: 3100 kg
  • Tezligi: 350 km/soat
  • Maksimal parvoz masofasi: 7000 km
  • Umumiy parvoz vaqti: 35 soatgacha

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »