Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniya, Amerika va Polsha harbiylari Polshada qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Foto: Getty Images

Manyovrlar tez orada boshlanishi mumkin, ular Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropa davlatlarini qo‘llab-quvvatlash belgisi bo‘lib, Germaniya va Qo‘shma Shtatlar NATO aʼzolari sifatida mudofaa majburiyatlarini bajarayotganini ko‘rsatadi; ular, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga “NATO u o‘ylagandek kuchsiz emas” degan aniq signal yuboradi, dedi Pistorius.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansi Ukrainada jangovar harakatlar boshlanishidan oldingi davrga qaraganda “ancha kuchliroq va birlashgan”.

Pistorius, shuningdek, Germaniya mudofaa budjetini oshirish tarafdori. Yanvar oyi boshida Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi 2023-yilgi budjetda 50 milliard yevrolik harbiy budjet va armiya loyihalariga 100 milliard yevro maxsus jamg‘armaga qaramay, mamlakat Mudofaa vazirligi harbiy mashg‘ulotlar uchun juda kam mablag‘ ajratgani haqida xabar bergan edi. Gazetaning yozishicha, manyovrlar narxi 340 million yevroga baholangan, vazirlik esa atigi 253 million yevro ajratgan.

Bloomberg’ning yozishicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga sarflangan xarajatlar tufayli mamlakat 2024-yilda harbiy budjetni kamida 10,7 milliard yevroga oshirishi kerak. Pistorius mudofaa sanoatiga yanada ko‘proq mablag‘ kiritishni talab qilmoqda.

Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols Germaniya Ukrainaga AQSHdan keyin ikkinchi yirik donor davlat ekanini aytgandi. 2022-yilda Berlin Kiyevga 12 milliard yevrodan ortiq yordam ko‘rsatdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »