Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda soatiga 60 km tezlik belgisi o‘rnatilgan joylarda kameralar ushbu cheklangan tezlik bo‘yicha jarimalarni qayd etmoqda. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati “Daryo”ga maʼlum qildi.

1-iyundan respublikadagi barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligini soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilishi xabar qilingandi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasida belgilangan.

“Tahlillarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari yiliga 4 mingga yaqin o‘lim holatlari bilan yakunlanadi. Tezlikni 10 kilometr soatga tushirish o‘lim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirishga olib keladi”, – deyilgan hujjatda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda soatiga 60 km tezlik belgisi o‘rnatilgan joylarda kameralar ushbu cheklangan tezlik bo‘yicha jarimalarni qayd eta boshlagan.

Avvalroq soatiga 60 km tezlik bo‘yicha yo‘l belgilari qachondan o‘rnatilishi ochiqlangandi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Aziz Murodov yuqori tezlik cheklangan ko‘chalar xatlovdan o‘tkazilib, tegishli belgilar bosqichma-bosqich o‘rnatilishini bildirgan. Uning taʼkidlashicha, ushbu ko‘chalarda o‘rnatilgan maxsus moslamalar ham transport vositalarining tezligini aniqlashda cheklangan tezlikka moslashtiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »