Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan prezident Jo Baydenning “Ukrainaga hozir F-16 qiruvchilari kerak emas”, degan so‘zlarini tushuntirdi.

Foto: Facebook

Sallivan Oq uy urushda Ukrainaning shoshilinch ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yib kelgani va buni davom ettirishini yana bir bor ta’kidladi.

“Urushning har bir bosqichida prezident Ukraina harbiylari kerakli narsani olishini ta’minlashga urindi”, — dedi Sallivan.

“Birinchi bosqichda, ular Kiyevni himoya qilayotganda, kerakli narsalar Javelin tankka qarshi qurollari va Stinger zenit tizimlari edi. Va bu ish berdi. Bu Ukrainaga Kiyevni himoya qilishga yordam berdi. Ikkinchi bosqichda, Ukraina sharqiga kirib kelayotgan ruslardan himoya qilish uchun ularga og‘ir artilleriya yordam berdi. Hozirgi bosqichda muhim element yerda manyovrlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Va bu tanklar, bronetransportyorlar, piyoda jangovar mashinalarni anglatadi”, — dedi Sallivan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Baydenning so‘zlari uning shu imkoniyatlarga eʼtibor qaratganini bildiradi”.

Avvalroq Oq uy AQSH boshqa davlatlarning Ukrainaga qiruvchilar berishini olqishlashi, biroq Amerika hukumatining o‘zi bunday yordamni va’da bermasligi haqida ma’lum qilgandi.

The New York Times gazetasining yozishicha, AQSH prezidenti ma’muriyati F-16 samolyotlarini uchinchi davlatlar, jumladan Daniya yoki Niderlandiya orqali Kiyevga topshirishni istisno etmagan. 10-fevral kuni Ukraina hukumati Niderlandiyaga F-16 qiruvchilarini so‘rab ariza yubordi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »