Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH razvedkasi ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, Xitoy rahbari Si Szinpin o‘z harbiylariga Tayvanga bostirib kirishga tayyorlanish haqida ko‘rsatma bergan bo‘lsa-da, Rossiyaning Ukrainadagi tajribasini hisobga olgan holda, Xitoy yetakchisi buni amalga oshirish mumkinligiga shubha qilmoqda. Bu haqda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Berns CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Tayvan bayrog‘i va harbiylari
Foto: Getty Images

“Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi tajribasini Si Szinpinchalik diqqat bilan kuzatayotgan xorijiy yetakchi yo‘q”, — dedi Berns.

Bernsning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rahbarining Tayvan ustidan yakuniy nazoratni qo‘lga kiritish haqidagi ambitsiyalari juda jiddiy qabul qilinishi kerak, ammo “bu harbiy mojaro muqarrar degani emas”.

“Hech bo‘lmaganda bizning xulosamiz shundan iboratki, Si Szinpin va uning harbiy rahbariyati bugungi kunda bu bosqinni amalga oshirishga qodir yoki yo‘qligiga shubha qilmoqda”, — dedi Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari.

Si Szinpin o‘z harbiylariga 2027-yilgacha Tayvan ustidan harbiy nazorat o‘rnatishga tayyorgarlik ko‘rishga ko‘rsatma bergani haqida MRB direktori o‘rinbosari Devid Koen 2022-yil sentabrda ma’lum qilgandi. Ammo Amerika razvedkasi Xitoy rahbariyati bu borada yakuniy qaror qabul qilgan, deb hisoblamaydi.

Pekin Ukraina mojarosi fonida olovga yog‘ sepishni to‘xtatishga va “bugun — Ukraina, ertaga — Tayvan” mazmunidagi bayonotlarni bas qilishga chaqirdi. 2022-yil oktabr oyida XXR yetakchisi Pekin Tayvan bilan “tinch yo‘l bilan birlashish” tarafdori ekanini aytdi, biroq kuch ishlatishni istisno etmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »