Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Anqara hozirda Shvetsiyaning NATOga aʼzo bo‘lish haqidagi arizasini maʼqullay olmaydi, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li vengriyalik hamkasbi bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Foto: Reuters

“Shvetsiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun o‘z zimmalariga olgan ma’lum majburiyatlar bor. Shvetsiyadan bu qadamlarning barchasi ham amalga oshirilayotganini ko‘rmayapmiz, shu bois hozirgi bosqichda uning alyansga kirishini ma’qullay olmaymiz”, — deydi Turkiya vaziri.

U Shvetsiya hukumati ba’zi majburiyatlarni bajargani, xususan, konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritganini qayd etdi. Ayni paytda Turkiyada terrorchi sifatida tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasi hamon mamlakatda faoliyat olib bormoqda.

Chavusho‘g‘li, vaziyat ko‘proq NATO uchun muammo ekanini, Anqaraning Shvetsiya va Finlyandiya bilan o‘zaro munosabatlarda boshqa da’vosi yo’qligini ta’kidladi.

Shvetsiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan

2022-yilning may oyida Shvetsiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirgan edi. Bungacha har ikki davlat harbiy betaraflik siyosatiga amal qilgan. Alyansga qo‘shilish uchun ariza berish to‘g‘risidagi qaror Rossiyaning Ukrainadagi bosqini fonida qabul qilingan.

Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun alyansning barcha a’zolari ularning arizalarini qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Ittifoqning 30 a’zosidan faqat Vengriya va Turkiya arizalarni ratifikatsiya qilmagan. Anqara ayni paytda ikki davlatga o‘z hududidagi kurd guruhlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish talabini ilgari surdi. Turkiya rasmiylari, shuningdek, Shvetsiyadan “terrorchilikda gumonlanuvchilarni” Anqaraga ekstraditsiya qilishni talab qildi. Keyinchalik Turkiya Shvetsiya va Finlyandiya hali bu talablarni bajarmaganini bir necha bor ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »