Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy har doim Rossiya—Ukraina mojarosining barcha tomonlari bilan aloqalarni saqlab kelgan, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin brifingda. U Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashishga umid bildirgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga shunday munosabat bildirdi.

Foto: Zuma

“Asosiysi tinchlikka chaqirish, muloqot va mojaroni siyosiy hal etishga ko‘maklashish. Biz ziddiyat ishtirokchilari, jumladan, Ukraina bilan hamisha aloqada bo‘lib kelganmiz”, — dedi diplomat. U Pekinning Rossiya “maxsus harbiy operatsiyasi” bo‘yicha pozitsiyasini “mo‘tadil va juda aniq” deb atadi.

Ukrainada urush boshlanganining bir yilligi munosabati bilan Pekin 12 banddan iborat “tinchlik rejasi”ni e’lon qilgandi. Unda Xitoy tomoni, xususan, barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishni, sovuq urush mentalitetidan voz kechishni, harbiy harakatlarni to‘xtatishni, muzokaralarni qayta boshlashni va bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishni taklif qilgan.

 Zelenskiy Pekinning takliflarini tinchlik rejasi sifatida ko‘rmadi. “Menimcha, Xitoy bu borada o‘z fikrlarini bildirganga o‘xshaydi”, — dedi Ukraina rahbari. “Xitoy mojaro haqida gapira boshlagani yaxshi, boshqa savol esa — bu so‘zlar ortida nima bor?”. Zelenskiyning taʼkidlashicha, agar Xitoy rejasida Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqib ketish haqida band bo‘lmasa, bunday loyihani amalga oshirish noreal.

U Xitoy raisi bilan uchrashsa ma’qul bo‘lishini, bu uchrashuv ikki mamlakat va dunyodagi xavfsizlikka foyda keltirishini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »