Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada faoliyat yurituvchi muxbir va tergovchi jurnalistlar “Proyekt” loyihasi doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Alina Kabayeva birga yashashi va Kiprdagi “jamg‘armasi”dan pul ishlatishi haqida surishtiruv materiali e’lon qildi.

Foto: Getty Images

Surishtiruvga ko‘ra, Putin va rossiyalik sobiq gimnastikachi, Milliy media guruhi direktorlar kengashi rahbari Alina Kabayeva ko‘pincha Valdaydagi qarorgohda birga yashaydi. Hashamatli ko‘chmas mulkni sotib olish uchun Putinning Kiprda “yashiringan mablag‘lari”dan foydalanilgan. “Proyekt” loyihasining birinchi qismida Putin uchun muhim bo‘lgan korxonalar ulushi Kiprning Ermira Consultants kompaniyasiga o‘tkazilganini haqida ma’lumot beriladi. Jurnalistlar prezidentning eng yaqin do‘stlaridan birining sobiq biznes-menejeri bilan uchrashgan. Uning maxfiy moliyaviy tarmoqni boshqarishda aloqasi bor, tarmoq ichiga Ermira ham kiradi.

Suhbatdoshning aytishicha, 2015-yilgacha kompaniya peterburglik huquqshunos Vladislav Kopilovga tegishli edi. Lekin Ermiraning hisoblari Putin va uning qarindoshlari xaridi uchun yo‘naltirilgan. Bu pulga kvartira va uylar ham sotib olgan.

Foto: proekt.media

“Proyekt”ning ikkinchi qismida Putin va Kabayevaning hayoti tasvirlangan, jurnalistlar ular birga yashashini ma’lum qilgan. Gimnastikachining yordamchilari va qarindosh opalari doimiy ravishda Putinning Valdaydagi qarorgohiga tashrif buyuradi va opa-singillardan birining qarorgoh yaqinida turar joyi bor. Valdaydagi qarorgoh hududida Kabayeva va bolalar uchun alohida yog‘och uy qurilgan. Kabayeva uchun saroy yonida alohida uy borligi qayd etilgan. 2021-yilda Kabayevaning uyi yonida qayiq uchun to‘xtash joyi qurilgan, u orqali kanal bo‘ylab suzish va 28 gektarlik parkka borish mumkin. Qarorgoh qonun bilan himoyalangan Valday milliy bog‘i hududini o‘z ichiga oladi. 

Biroq 2018-yilda Putin uchun yashirin temir yo‘l qurilgan, u orqali Rossiya rahbari qarorgohga keladi. “Proyekt” buning uchun Rossiya prezidenti zirhli poyezdidan ham foydalanishi mumkinligini ma’lum qildi.

Foto: proekt.media

Kabayeva va uning oilasi kamida 120 million dollarlik ko‘chmas mulkdan foydalanadi. Putin saroylaridagi qo‘shimcha binolardan tashqari Kabayeva Rossiyadagi eng yirik penthausga ega. U Sochidagi “Korolevskiy park” turar-joy majmuasida joylashgan va Putinning Kiprdagi umumiy jamg‘armasi mablag‘lari evaziga sotib olingan. Penthaus maydoni 2600 kvadrat metrni tashkil etadi, unda basseyn, kinoteatr, veranda va shaxsiy vertolyot maydonchasi mavjud bo‘lib, dizayn Valentin Yudashkin tomonidan ishlab chiqilgan.

Sochidagi penthaus
Foto: proekt.media
Foto: Proekt.media

2021-yilda bu turar joy “Rossiyadagi eng katta kvartira” deb topilgan. 2011-yilda rossiyalik mediamenejer Oleg Rudnov kvartirani o‘ziga rasmiylashtirgan, keyinchalik mulk uning o‘g‘li Sergeyga o‘tkazilgan. 2000-yillarda aynan Rudnov Sankt-Peterburgdagi mulkni rossiyalik millioner Svetlana Kribonogixga topshirgan. Nashr manbasining ta’kidlashicha, kvartira Kabayeva uchun maxsus sotib olingan, bu turar joy majmuasining yuqori qavatlaridagi penthausga tutashgan ikkita kvartira Kabayevaning buvisi Anna Zatsepilina nomiga ro‘yxatdan o‘tgani bilan tasdiqlash mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »