Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

China Southern Airlines aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni tiklamoqda, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports axborot xizmati.

Xabarga ko‘ra, Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlarni tiklamoqda. Birinchi yo‘lovchi reysi 2023-yilning 26-martiga mo‘ljallangan.

Reyslar Airbus A330-200 samolyotlarida haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda aviatashuvchi ham haftada bir marta, chorshanba kunlari Urumchi—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.

Qayd etilishicha, Xitoyning Guanchjou shahrida joylashgan China Southern Airlines aviakompaniyasi parki hajmi bo‘yicha Osiyodagi eng yirik aviakompaniya, shuningdek, Osiyodagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »