Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik yuqumli kasalliklar shifokori Andrey Pozdnyakov Turkiyadagi zilzilalar kanalizatsiya va suv tozalash tizimlarining ishlashiga ta’sir qilgani, bu esa mamlakatda vabo tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.

Foto: “Daryo”/ Otabek Qo‘ldoshev

Pozdnyakovning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatlar ko‘pincha tabiiy ofat sodir bo‘lgan hududlarda yuzaga keladi.

“Ko‘pincha tabiiy ofat hududlarida odamlar tozalanmagan suvdan foydalanishga majbur bo‘lgani sababli vabo kelib chiqadi. Agar bu suv ko‘l yoki hovuzdan olingan bo‘lsa, u yerda vabo vibrionlarining ko‘payishi ehtimoli yuqori. Shuni hisobga olish kerakki, ko‘pchilik vaboga chalinsa, shifokorga murojaat qilmaydi. Ular bu orqali kasallikni boshqalarga yuqtirishda davom etishi mumkin”, — deydi u.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Turkiya issiq mamlakat bo‘lgani uchun chuchuk suv havzalarida vabo vibrionlarini ko‘payishi uchun barcha sharoit mavjud. Bundan tashqari, 2021 va 2022-yillarda vaboning tabiiy o‘choqlari bir qancha mamlakatlarda, jumladan, Turkiya bilan chegaradosh Suriyada ham qayd etilgan.

“Zilzilalar natijasida kanalizatsiya va suv tozalash tizimlari ishlamay qolgan, ayrim shifoxonalar ham vayron bo‘lgan, shifokorlar vayronalar ostida qolgan odamlarni qutqarish bilan band. Shu bilan birga, geosiyosiy vaziyat va ortiqcha qochqinlar sanitariya me’yorlarini buzish, ifloslangan suvdan foydalanish va vabo tarqalishi xavfini yanada oshiradi. Shu tariqa vabo bilan kasallanish holatlari kuzatilishi mumkin, ammo epidemiya yuz berishi ehtimoli past», — deya qo‘shimcha qildi Pozdnyakov.

Vabo — Vibrio cholerae. bakteriyasi keltirib chiqaradigan o‘tkir yuqumli ichak kasalligi. U ifloslangan suv yoki oziq-ovqat orqali yuqadi va og‘ir diareya belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Vabo, ayniqsa, immuniteti zaif odamlarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va hatto o‘lim kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »