Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston poytaxtidagi “Arqadag‘” mehmonxonasida 26-fevral kuni mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhamedovning o‘g‘li Kerimg‘uli Berdimuhamedovning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xronika Turkmanistana” muxbirlari xabar berdi.

Foto: Turkmenportal

Marosim sababli Turkmanboshi, Garashsizlik, Bitaraplik va Archabil ko‘chalari to‘sib qo‘yilgan. Politsiya xodimlari shaharda, shuningdek, Cho‘g‘anliga olib boruvchi katta yo‘l bo‘ylab navbatchilik qilgan. Turkman urf-odatlariga ko‘ra, Kerimqulining ota-onasi va buvisi Og‘ulgerek Berdimuhamedova qizga sovchilikka borgan. Kelinga ro‘mol o‘rab, taqinchoqlar berishgan. Sovchilar Xerrikgala qishlog‘iga kelguniga qadar kelinning qo‘shnilaridan kechgacha uylarini tark etish so‘ralgan.

Ashxoboddagi “Arqadag‘” mehmonxonasi
Foto: Turkmenportal

26-fevral kuni kelinni Cho‘g‘onlidan olib kelishgan, u yerda qizning oilasiga yangi kottej berilgan. Voqea guvohlari kortej 10 ta mashinadan iboratligini sanagan. Kerimg‘uli Berdimuhamedov otasi va bobosi bilan davlat televideniyesi xabarlarida tez-tez namoyish etiladi. U bobosi, Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan birga she’r va musiqa yozishi bilan mashhur. Bundan tashqari, ular tez-tez sport bilan shug‘ullanadi va birgalikda dam oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »