Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) epidemiologi Richard Pibodi parranda grippi sababli yangi pandemiyaga tayyor bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda El Pais xabar berdi.

Foto: South China Morning Post

Mutaxassisning ta’kidlashicha, dunyo odamdan odamga tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lgan parranda grippiga tayyor bo‘lishi kerak.

“Virus odamdan odamga tarqalishi qobiliyatiga ega bo‘lishi va yangi pandemiyaga olib kelishi mumkinligi bo‘yicha xavotir bor. Bunga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Ilmiy hamjamiyat ushbu viruslarni kuzatish, kerak bo‘lganda mavjud bo‘ladigan vaksinalarni ishlab chiqish uchun ularning genetik ketma-ketligini o‘rganmoqda”, — dedi Pibodi.

Epidemiologning tushuntirishicha, dunyo bo‘ylab millionlab hayvon va qushlarni nobud qilgan parranda grippining yangi epidemiyasi ikki-uch yil avval A(H5N1) virusining maxsus turi tufayli boshlangan.

“Hushyor bo‘lishga chaqirmoqdamiz. Odamlar o‘lik yoki o‘layotgan qushlarni yoki boshqa hayvonlarni olmasligi kerak. Parranda fabrikalaridagilar yaxshi himoyalanishi zarur”, — deb ogohlantirdi mutaxassis.

Bu muammo ayniqsa qishloq joylarida parranda boqish odatiy hol bo‘lgan past daromadli oilalar orasida xavfli bo‘lishi mumkin. O‘ta xavfli parranda grippi epidemiyasi birinchi marta 1996-yilda qayd etilgan. 2003-yildan boshlab kasallik holati qushlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan odamlarda ham qayd etila boshlangan. Grippning bu shtammi uning pastki nafas yo‘llari orqali tez tarqalishi sababli xavfli bo‘lib, bu davrda virusli pnevmoniya, o‘tkir respirator distress sindromini keltirib chiqaradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »