Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Livan hukumati xavfsizlik manbasi Rossiya falastinlik yosh yigitlarga Ukrainadagi urushda qatnashish uchun oyiga 350 dollar to‘layotganini ma’lum qildi. Bu haqda The Media Line xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, Suriyaning elita qo‘shinlari ham urushga yollanmoqda. Livanda yashovchi falastinliklar Rossiya tomonidan Ukrainada davom etayotgan urushda qatnashish uchun imzo chekkan. Buning evaziga ularga 350 dollar maosh taklif qilingan. Urushga yollash ishlari Falastinning Livandagi elchixonasiga aloqador faollar tomonidan amalga oshirilayotgani aytilgan. 

Ro‘yxatdan o‘tganlarning aksariyati 1969-yildan keyin tug‘ilgan, chunki ular Livanda ro‘yxatdan o‘tmagan, bu esa yollanma askar sifatida urushga borishni osonlashtiradi. Ukrainadagi frontga yuborilgan falastinliklarning aksariyati Livandagi eng yirik falastinlik qochqinlar lageri Ein al-Xalvadan keladi. Urushga yollanganlar Falastin ma’muriyati prezidenti Mahmud Abbos boshchiligidagi Fath siyosiy harakati hamda Falastinni ozod qilish xalq fronti kabi boshqa tashkilotlar a’zolari ekani aytilgan. 

Xabarlarga ko‘ra, bu shaxslar Rossiya kuchlari nomidan Ukrainadagi mojaroda ishtirok etishga rozi bo‘lishi evaziga oilalari uchun oylik nafaqa va tovon puli oladi. Livan xavfsizlik manbasi falastinliklar va boshqalarni yollash Livanda joylashgan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Hizbulloh bilan bog‘liqligini bildirdi.

“Hizbulloh Ukrainadagi urushda ruslarga yordam berish uchun yosh tarafdorlarni, jumladan, dronlardan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lganlar va shaharlarda partizanlar urushida tajribaga ega odamlarni faol ravishda jalb qilmoqda”, — deydi manba.

Dubayda istiqomat qiluvchi, xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha taniqli va faxriy livanlik tadqiqotchi Riad Kahvaji bunga quyidagicha munosabat bildirgan.

“Menda bu borada aniq ma’lumot yo‘q, lekin lagerdagi ahvol achinarli va yoshlar uchun ish yo‘qligi sababli buning ehtimoli yuqori. Ular ish haqi evaziga ruslar bilan ishlashga jalb qilingan bo‘lsa ajab emas, chunki lager muhiti bunday imkoniyatlar uchun ochiq”, — dedi u.

Rossiya tomonida Ukrainadagi urushga qatnashish uchun qancha falastinlik yollangani aniq emas, ammo taxminan 300 kishi Rossiyada tezkor tayyorgarlikdan o‘tib, frontga jo‘natilgani taxmin qilinmoqda. Ein-al-Xalva qochqinlar lagerida 100 ga yaqin qo‘shimcha jangchilardan iborat yana bir guruh tashkil etilib, yaqin kelajakda Rossiyaga jo‘natish uchun tayyorlanayotgani xabar qilingan.

London va Istanbulda joylashgan Abaad strategik tadqiqotlar markazi direktori Muhammad Sarminining aytishicha, 2022-yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Suriya bosqinchi rus qo‘shinlariga qo‘shilish uchun jangchilarni yollashning ikki yo‘lini ko‘rgan. Birinchi yo‘l “Vagner” guruhi orqali, ikkinchi yo‘l esa Rossiya tomonidan boshqariladigan Suriya muntazam kuchlaridan jangchilarni yuborishni o‘z ichiga oladi. Mazkur elita jangchilar urush zonasiga borish uchun 500-700 AQSH dollari oladi, bu Suriya standartlari bo‘yicha juda yuqoridir.

“Rossiyaning suriyalik jangchilarni yollash istagi ikkita maqsadni ko‘zlaydi: Ukrainadagi jangarilari sonini ko‘paytirish va Suriya prezidenti Bashar al-Assad rejimiga sodiqligini namoyish etish”, — deyiladi xabarda.

Falastinning Livandagi elchixonasi Ukrainadagi mojaroga hech qanday aloqasi yo‘qligini va falastinliklarni unda ishtirok etishga undamayotganini aytib, bu borada izoh berishdan bosh tortdi.

Izoh

И.Ҳожибоев

01.03.2023, 23:48

Tarjimani yorvoribsiz lekin

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »