Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistoni Flynas aviakompaniyasi Jidda—Toshkent—Jidda yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Foto: Fuqaro aviatsiyasi agentligi matbuot xizmati

Uzbekistan Airports matbuot xizmatining xabar qilishicha, birinchi yo‘lovchi reysi 27-martga mo‘ljallangan.

Reyslar Airbus A320neo samolyotlarida haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, aviakompaniya 2022-yil sentabridan Jidda—Toshkent—Jidda yo‘nalishi bo‘yicha Bokuga texnik qo‘nish bilan yo‘lovchi reyslarini amalga oshirmoqda. Ushbu reyslar 2023-yilning 24-martigacha amalga oshiriladi, shundan so‘ng aviatashuvchi yangi parvozlar jadvaliga o‘tadi.

Flynas — Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi. Qirol Xolid xalqaro aeroportida joylashgan. Flynas besh yil davomida World Travel Award va Skytrax tomonidan ketma-ket uch yil davomida Yaqin Sharqning yetakchi arzon aviakompaniyasi deb topilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »