Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Aleksandr Rodnyanskiyning CNN telekanaliga aytishicha, bir necha oydan beri shiddatli janglar kechayotgan Donetsk viloyatidagi Baxmut shahridan ukrainalik harbiylar “strategik chekinish”ni amalga oshirishi mumkin.

Foto: Lenta

“Rossiya hozir Baxmutni o‘rab olishga urinmoqda va buning uchun ular eng sara ‘Vagner’ bo'linmalaridan foydalanmoqda, ko‘rinishidan, ular juda yaxshi o‘qitilgan va katta tajribaga ega. Ma’lumki, bizning armiyamiz barcha variantlarni ko‘rib chiqishga intilmoqda. Ular hozircha shaharni ushlab turibdi, lekin kerak bo‘lsa, strategik orqaga chekinadi, chunki biz odamlarimizning barchasini bekordan bekorga qurbon qilmoqchi emasmiz”, — dedi Rodnyanskiy. Uning ta’kidlashicha, chekinish haqidagi qaror Ukraina harbiylarining ixtiyorida qolmoqda.

Rodnyanskiyning qayd etishicha, Baxmutdan g‘arbdagi hudud mustahkamlangan, shuning uchun Ukraina Qurolli kuchlari shahardan chekingan taqdirda ham, Rossiya kuchlari tezda oldinga siljiy olmaydi. “Shubhaga o‘rin yo‘q, bizning qarshi hujumimiz yaqin atrofda”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar 28-fevral kuni Baxmutga Ukraina armiyasining qo‘shimcha bo‘linmalari yuborilganini ma’lum qildi. Malyarning ta’kidlashicha, Baxmutni saqlab qolish qarorini “siyosiy motivlarga ega bo‘lmagan” harbiylar qabul qilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘sha kuni videomurojaatida Baxmutda eng og‘ir janglar bo‘layotganini, Rossiya tomoni esa yo‘qotishlarga uchraganini aytdi. Unga ko‘ra, 23-fevraldan 28-fevralgacha Baxmut yaqinida 800 ga yaqin rus askari halok bo‘lgan. “Rossiya umuman odamlarning hisobini olmaydi, ularni bizning pozitsiyalarimizga doimiy hujumga yuboradi. Janglarning shiddati tobora ortib bormoqda”, — dedi Zelenskiy.

Oxirgi haftalarda, Bloomberg xabar qilganidek, Ukraina hukumati vakillari Baxmut borasida fikrini o‘zgartira boshlagan. 2-fevral kuni Vladimir Zelenskiy Kiyev Baxmutni rus kuchlariga taslim qilmasligini aytgandi. Uch haftadan kamroq vaqt o‘tgach, Zelenskiy Ukraina “mantiqan to‘g‘ri bo‘lsagina” shahar uchun kurashishini aytdi. “Uni himoya qilish biz uchun muhim, lekin hammani qurbon qilish evaziga emas”, — dedi Ukraina prezidenti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »