Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak mamlakat armiyasining Rossiyaga qarshi hujum qilish ehtimolini baholadi. Siyosatchi Twitter’dagi sahifasida bu haqda tvit qoldirdi.

Foto: Getty Images

Podolyakning ta’kidlashicha, Ukraina mudofaa urushini olib bormoqda va Rossiya hududiga zarba bermaydi. Rossiyada dron hujumlari bilan bog‘liq hodisalar esa rossiyaliklar orasida vahima jarayoni bilan bog‘liq.

“Ukraina Rossiya hududiga zarba bermaydi. Ukraina o‘zining barcha hududlarini qaytarib olish uchun mudofaa urushini olib bormoqda. Rossiyada vahima jarayonlari kuchaymoqda, bu noma’lum dronlarning mamlakat infratuzilma obyektlariga hujumida namoyon bo‘lmoqda”, — dedi siyosatchi.

Avvalroq Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov urushning tugash shartini aytgandi. U Ukraina tanklari Moskvadagi Qizil maydonda bo‘lganida urush tugashi va bu adolatli yechim bo‘lishini ta’kidlagan. Danilov Kreml Ukrainani Shimoliy va Janubiy Koreya kabi parchalab, Rossiyaga g‘alaba illyuziyasini taqdim etish niyatidaligini qo‘shimcha qilgan.

1-mart kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina dronlarining Qrim yarim oroli obyektlariga ommaviy hujumi oldi olingani haqida xabar berdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani qayd etildi. Ukraina mazkur ma’lumotga hali munosabat bermadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »