Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy rossiyaparast dezinformatsiyalar, jumladan, Ukrainadagi urush haqidagi xabarlar uchun milliardlab dollar sarflamoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Foto: Getty Images

Global hamkorlik markazi koordinator Jeyms Rubinning aytishicha, Xitoyning dunyo bo‘ylab “zaharli” dezinformatsiya, jumladan, Rossiyaning Ukraina haqidagi ritorikasiga mos keladigan xabarlarni tarqatishda milliardlab dollar sarflaydi. G‘arb esa bunga sust javob bermoqda. Koordinator Xitoy global miqyosda ishlayotganini va dezinformatsiyaga Moskvadan ko‘ra ko‘proq pul sarflashini ta’kidladi. Xitoy Rossiyaning “urushni NATO boshlagani haqidagi" tezislarini takror tarqatayotgani qayd etildi.

Rubin buning ortidan ayrim davlatlar ma’lum pozitsiyani egallash chetda tursin, Ukrainaga hujum bosqinchilik ekanini tan olmasligini bildirdi.

“Afrika va Osiyoning ba’zi davlatlari uchun Ukraina urushdan uzoqdadir. Ular G‘arbdan yetarlicha e’tibor qaratilmayotganiga ishonadi. Bu ularning ba’zilarini urushga shu prizma orqali qarashga majbur qiladi”, — ta’kidladi u.

Urush boshlanganidan beri Xitoy rasman Ukraina yoki Rossiya tomonini tanlamagan. Fevral oyida Pekin Ukrainadagi urush bo‘yicha o‘z pozitsiyasini e’lon qilishini bildirdi. Ular Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha 12 banddan iborat tinchlik rejasini e’lon qildi

Unda Xitoy tomonlarni  “olovga yog‘ sepmaslikka” va o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. Pekinning hujjatini Qozog‘iston rasmiylari ham qo‘llab-quvvatlagan, NATO ma’lum ma’noda qarshi chiqqan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »