Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistondagi aholi punktlarida ruxsat etilgan yuqori tezlik 70 km/soatdan 60 km/soatga tushirildi. Ayni paytda yo‘l belgilari o‘rnatilgan joylardagi kameralar tezlikni oshirganlik uchun jarimalar qayd etishni boshlagan. Respublikadagi noturar joy hududlarida belgilangan maksimal tezlik esa 100 km/soatdir. Xo‘sh, tezlikka cheklov joriy etishning  ahamiyati nimada? Boshqa MDH mamlakatlarida ham tezlikka shu kabi cheklov o‘rnatilganmi?

Foto: yhxx.uz

2022-yilda O‘zbekistonda sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2 356 nafar inson halok bo‘lgan, 9 606 kishi jarohatlangan. YTHlarning asosiy sabablaridan biri tezlikni meʼyoridan oshirish bilan bog‘liqdir. Shu sababli tezlikka nisbatan cheklov o‘rnatish ahamiyati ortmoqda. Tahlillarga ko‘ra, tezlikni 10 km/ soatga tushirish o‘lim holatlarini kamida 15 foizga pasaytirishga olib keladi. Xo‘sh, MDH davlatlarida ruxsat etilgan maksimal tezlik bo‘yicha vaziyat qanday?

Foto: “Daryo”

Qozog‘istonni misol qilib keltirsak, mamlakatdagi aholi punktlarida cheklangan eng yuqori tezlik 60 km/soat etib belgilangan. Turar joylardan tashqarida ruxsat etilgan tezlik esa 90 km/soat, pullik yo‘llarda 140 km/soatni tashkil qiladi.
Ozarbayjonda aholi turar joylarida cheklangan tezlik 60 km/soat, turar joylardan tashqarida 70 km/soat hisoblanadi. Mamlakat avtomobil yo‘llaridagi maksimal tezlik 90 km/soatdan oshmasligi qatʼiy belgilangan.

Qirg‘izistonda ham aholi gavjum hududlarda tezlikni 60 km/soatdan oshirish taqiqlanadi. Respublikadagi aholi yashash joylaridan tashqarida haydovchilarga 90 km/soat, avtomobil yo‘llarida esa 110 km/soat tezlikda harakatlanishga ruxsat berilgan.

Foto: “Daryo”

Maʼlumotlarga qaraganda, Turkmaniston va Gruzida ham aholi yashaydigan joylardagi maksimal tezlik 60 km/soat, aholi punktlaridan tashqarida 90 km/soat qilib belgilangan.

Umuman olganda, MDH mamlakatlarining asosiy qismida aholi turar joylarida avtomobilda harakatlanish uchun ruxsat etilgan yuqori tezlik 60 km/ soatdir. Faqatgina Ukraina va Moldovada aholi yashash joylarida harakatlanish tezligi 50 km/soatni tashkil etadi.

Foto: “Daryo”

Albatta, dunyoning boshqa mamlakatlarida avtomashinalar harakatlanish tezligi turli darajada cheklangan. Ko‘pgina davlatlar tezlik chegaralarini nafaqat yuqori, balki pastki chegarada ham joriy qiladi. Misol uchun, agar siz shahar bo‘ylab meʼyordan past tezlikda harakat qilsangiz, jarima ham olishingiz mumkin. Yo‘llar va qoidalar haqida qizig‘i shundaki, biz o‘rganib qolgan yo‘l harakati qoidalaridan farqli o‘laroq, ko‘plab mamlakatlarda tezlik chegaralari nafaqat yo‘lni o‘rab turgan infratuzilmaga, balki baholanadigan va nazorat qilinadigan yo‘l qoplamasining sifatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Yevropaning ko‘plab yo‘llarida avtomobil haydash uchun pul to‘lashingiz kerak. Daromad yo‘llarni taʼmirlash yoki yangi qurilishga sarflanadi.

Foto: autobusweb.com

O‘zbekistonda ham dunyo tajribasi o‘rganilgan holda transport vositalari uchun maksimal tezlikni maʼlum darajada belgilash amaliyoti allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. O‘ylab qaralsa, MDH davlatlari orasida aholi punktlarida harkatlanish tezligining (avval 70 km /soat edi) eng yuqori ko‘rsatkichi ham O‘zbekistonda bo‘lgan. Joriy yildan esa yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini “shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” g‘oyasi asosida isloh qilishga kirishildi. Barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligini soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirildi. Bu vazifalar 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasida belgilandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »