Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainadagi urush sababli AQSH Rossiyaga nisbatan keng ko‘lamli sanksiyalarni joriy etganiga qaramay, ularni chetlab o‘tish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda AQSH Savdo vazirligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan tuzilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyanomasida ma’lumot berildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Departamentlar birinchi navbatda, Amerika mahsulotlari yoki sanksiyaga tushgan boshqa tovarlar bilan savdo qiluvchi kompaniyalarni hushyor bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, sanksiyalarning buzilish belgilari mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazishni tavsiya qildi. 

Sanksiyalarni chetlab o‘tishga urinish sifatida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan belgilar:

  • xaridorning mahsulotdan nima maqsadda foydalanmoqchi ekani haqidagi ma’lumot berishni istamasligi, shu jumladan maxsus hujjatni to‘ldirishdan bosh tortishi;
  • xalqaro bank o‘tkazmalari uchun qalbaki kompaniyalaridan foydalanish;
  • sotib olingan tovarlarni o‘rnatish, o‘rgatish yoki texnik xizmat ko‘rsatishdan bosh tortish;
  • mijozning IP-manzili va u tomonidan ko‘rsatilgan manzil o‘rtasidagi farq;
  • internetda kam tavsiflangan yoki umuman notanish tashkilotlar bilan operatsiyalar;
  • tovarlarni Xitoy (shu jumladan, Gonkong va Makao), shuningdek, Rossiyaga yaqin bo‘lgan boshqa mamlakatlar — Armaniston, Turkiya, O‘zbekiston orqali yetkazib berish;
  • xaridorga aloqador bo‘lmagan kompaniyadan to‘lovni qabul qilish va boshqalar.

Qayd qilinishicha, 2023-yilning uch haftasida AQSH Moliya vazirligining Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashuvchi FinCEN bo‘limi banklarning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga doir urinishlari bo‘yicha 100 dan ortiq xabar olgan. 

Bloomberg xabariga ko‘ra, shuncha miqdordagi xabar o‘tgan ikki yil davomida olingan edi. Xabarlar sonining keskin oshishi AQSH rasmiylarining xabar yetkazuvchilarni mukofotlash va’dasi bilan bog‘liq — ular sanksiyalarni buzganlik uchun rasmiylar undiradigan jarimaning 10 dan 30 foizigacha mukofot olishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »