Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farhod Mannopovning vafot etgani yuzasidan tekshirish o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, ko‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

“Mitti vayn” taxallusi bilan tanilgan 27 yoshli vayner Farhod Mannopov 5-mart kuni Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan klinikalardan birida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Farhod Mannopovning o‘limiga narkozni ko‘p berib yuborish sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura blogerning vafoti yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olingani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »