Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni hukumatlari o‘rtasida xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Prezident bu boradagi tegishli qarorni imzoladi

Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilangan.

Tashki ishlar vazirligi O‘zbekiston tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani hamda uni amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ belgilangani to‘g‘risida Saudiya Arabistoni tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idora rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan so‘ng uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida umumiy qiymati 14,8 milliard dollarga teng 15 ta hujjat imzolangan. Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti dekabr oyida Saudiya Arabistoni podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »