Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Moskovskiy tumanida o‘zbekistonlik yigit yerda yotgan erkakni bosib ketdi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Ma’lum qilinishicha, hodisa 5-mart kuni soat 17:00 atrofida Obvodniy kanali qirg‘og‘idagi 86-uy yonida sodir bo‘lgan. 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Lada Largus rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, ko‘chaning kirish qismida yo‘lda yotgan 61 yoshli erkakni bosib ketgan.

Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Mazkur fakt yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, hodisaning barcha holatlari aniqlanmoqda.

2-mart kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkakni ikkita avtomobil urib ketgandi. Jabrlanuvchi olgan tana jarohati tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »