Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Aniqlanishicha, Samarqand shahrida tug‘ilgan, haydovchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro S.P. mahalliy fuqaro G‘.A.ni 30 ming dollar evaziga o‘zining “qo‘li uzun tanishlari” orqali AQSHga yuborishni vaʼda qilgan. Buning uchun oldindan 10 ming, AQSHga borganidan so‘ng yana 20 ming dollar berishi kerakligini maʼlum qilgan.

Ushbu kelishuvga ko‘ra, fuqaro S.P. mijozi G‘.A.dan 10 ming dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan S.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Samarqand shahrida 64 nafar fuqaroni AQSHga yuborishini aytib, ularning 4 milliard so‘mini o‘zlashtirganlarga sud hukmi o‘qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »