Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan AQSHni Ukraina va Tayvanga nisbatan munosabati tufayli ikki tomonlama standartlarda aybladi. Vazir bu haqda Butunxitoy xalq vakillari kengashi sessiyasidagi nutqida gapirdi.

Foto: EPA

Sin Ganning aytishicha, AQSH Xitoydan Ukrainadagi urush uchun Rossiyaga qurol yetkazib bermaslikni talab qilmoqda, ammo ularning o‘zi Tayvanga qurol yetkazib bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qiladi, biroq ayni paytda Xitoyning hududiy yaxlitligini e’tiborsiz qoldiradi.

“Xitoy xalqi jo‘yali savollar beradi. Nima uchun Ukraina haqida gap ketganda, AQSH suverenitet va hududiy yaxlitlikni hurmat qilish haqida gapiradi, Tayvan va Xitoy masalasiga kelganda esa, ular XXRning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilmaydi. Nega Xitoydan Rossiyaga qurol yetkazib bermaslikni talab qilishmoqda, lekin 17-avgustdagi (1982-yilgi) konsensusni buzgan holda, anchadan beri Tayvanga qurol sotishmoqda?” — ta’kidladi Sin Gan.

Xitoy hukumati Tayvan masalasini qizil chiziq deb biladi, shuning uchun Vashington uni hal qilishga har qaysi holatda aralashishga urinmasligi kerak, deya qo‘shimcha qildi u.

Xitoy Tayvanni o‘z provinsiyasi deb hisoblaydi va AQSH rasmiylarining orolga tashriflarini uning Xitoydan mustaqil bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash deb biladi. Xitoy Mudofaa vazirligi Tayvan uchun kurashishga tayyor ekanini bir necha bor ta’kidlagan, AQSH prezidenti Jo Bayden esa orolni harbiy yo‘l bilan himoya qilishga tayyorligi haqida gapirgan. AQSHning bir qancha amaldagi yuqori martabali harbiy amaldorlari vaziyat ikki kuch o‘rtasida bevosita urushga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »