Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi razvedka ma’lumotlariga tayanib, dam olish kunlarida Ukraina kuchlari Donetsk viloyatining Baxmut hududida mudofaa perimetrini kuchaytirganini ma’lum qildi. Tegishli bayonot vazirlikning Twitter sahifasida e’lon qilindi.

Ukraina askarlari Baxmut yaqinidagi xandaqlarda
Foto: Libkos/AP Photo

“Ukrainaning Baxmut mudofaasi har ikki tomondan Rossiya kuchlarini siqib chiqarishda davom etmoqda. Dam olish kunlarida Ukraina kuchlari Rossiyaning oldingi siljishidan keyin mudofaa perimetrini barqarorlashtirgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi bayonotda.

Britaniya razvedkachilari 2-mart kuni Baxmutdagi ko‘prik portlatilganini eslatib o‘tdi va bu qayta ta’minot harakatlarini murakkablashtirishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, razvedka “Vagner” va Rossiya Mudofaa vazirligi o‘rtasida o‘q-dorilarni taqsimlash bo‘yicha ommaviy kelishmovchilik oldinga siljish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy tarkibni va ​​o‘q-dorilarni ushlab turishda qiyinchilikka sabab bo‘lishini bildirdi.

AQSHning urushni o‘rganish instituti yangi hisobotida Baxmut uchun jang “Vagner” qo‘shinlarini yo‘q qilishi va Rossiyani mahoratli zarba qo‘shinlaridan mahrum qilishi mumkinligini ta’kidladi.

5-mart kuni Ukraina Sharqiy kuchlar guruhi spikeri Sergey Cherevatiy “Baxmut jangovar harakatlar markazi bo‘lib qolayotganini” va “Ukraina Qurolli kuchlari aholi punktini ushlab turishini” aytdi.

“Bizda o‘q-dorilar, oziq-ovqat va kerakli jihozlar bilan ta’minlash uchun barcha narsa yetarli, yaradorlarni u yerdan olib chiqish imkoni ham bor”, — degan u.

6-mart kuni Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Sirskiy Baxmut uchun janglar yuqori shiddatlilik darajasiga yetganini qayd etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »