Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Shimoliy Koreyaning Tinch okeanida sinovdan o‘tkazadigan qit’alararo raketasini urib tushirishga urinsa, Pxenyan buni urush e’lon qilinishi deb biladi. Bu haqda KXDR yetakchisining singlisi, Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon ma’lum qildi, uning so‘zlarini Koreya markaziy telegraf agentligi keltirdi.

Foto: KCNA

“Agar strategik qurollarimiz qo‘shni davlatlar xavfsizligiga tahdid solmaydigan vaziyatda, Amerika yurisdiksiyasidan tashqaridagi havo hududida, ochiq dengizda sinovdan o‘tkazilayotgan vaqtda ularni tutib olish kabi harakatlar amalga oshirilsa, KXDR tomonidan bu ochiq urush e’lon qilish sifatida qabul qilinadi”, — dedi Kim Yo Chjon.

U Janubiy Koreya OAVlari fevral oyida AQSH Qurolli kuchlarining Hind-Tinch okeani mintaqasidagi qo‘mondonligi rahbari KXDR Tinch okeani yo‘nalishida qit’alararo ballistik raketa uchirsa, uni zudlik bilan urib tushirishi mumkinligini aytgani haqidagi xabarlariga ham munosabat bildirdi. Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi bunday bayonotlarni nomaqbul va “ahmoqona” deb hisobladi, biroq bunday tahdidlar bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.

“Bu shundoq ham haqiqatga to‘g‘ri kelmasa-da, men sizni qat’iy ogohlantiraman: Tinch okeani AQSH yoki Yaponiya hududi emas”, — dedi Kim Yo Chjon.

Vashington “o‘z hovlisi” deb biladigan Tinch okeanida Amerika strategik qurollarini tutib olinishiga AQSHning munosabatini ko‘rish “qiziq” bo‘lardi, dedi u. Shuningdek, Kim Yo Chjon AQSH va Janubiy Koreya rasmiylariga vaziyatni yanada og‘irlashtiradigan bunday gap-so‘z va harakatlardan tiyilishni maslahat berdi.

Avvalroq Shimoliy Koreya strategik qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazgani ma’lum qilingandi. Ularning barchasi Yapon dengizi tomonga uchirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »