Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina hukumati ilk bor AQSHdan dronlardan tashlab portlatish uchun MK-20 kassetali aviabombalarni so‘radi. Bu haqda Reuters agentligiga AQSH kongressmenlari Jeyson Krou va Vakillar palatasi Qurolli kuchlar qo‘mitasida xizmat qiluvchi Adam Smitga tayanib, xabar berdi.

Foto: Reuters

Ukraina fevral oyida Myunxen xavfsizlik konferensiyasida 155 ta kassetali artilleriya o‘qlariga qo‘shimcha ravishda MK-20 bombalarini so‘ragan.

Kiyev Kongress a’zolarini qurolning jo‘natilishini ma’qullash uchun Oq uyga ta’sir o‘tkazishga chaqirgan, ammo AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati bu iltimosga rozi bo‘ladimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum, ta’kidladi agentlik.

Reuters xabariga ko‘ra, Kiyev kassetali o‘q-dorilar Ukraina sharqidagi rus qo‘shinlariga qarshi kurashda ustunlik berishiga umid qilmoqda.

Yanvar oyida Foreign Policy nashri Amerika va Yevropa rasmiylariga tayanib, Turkiya 2022-yil oxiridan boshlab Ukrainaga AQSH tomonidan ishlab chiqilgan kassetali artilleriya o‘q-dorilarini yuborishni boshlaganini yozgandi. Dekabr oyida CNN telekanali Ukraina rasmiylari va qonun chiqaruvchilari AQSHdan ularga shunday o‘q-dorilar berishni so‘ragani haqida xabar berdi.

Kiyev uzoq vaqt Vashingtondan bunday o‘qlarni olishga urinib ko‘rdi, ammo so‘rovlar rad etildi — AQSH qonunga muvofiq ushbu qurollarni eksport qila olmaydi.

Kassetali o‘q-dorilar

Kassetali o‘q-dorilar katta hududlarga ta’sir qiluvchi ko‘plab kichikroq mustaqil portlovchi qurilmalarni olib yuradi, ular tinch aholiga tahdid solib, katta maydonga beixtiyor zarba berishi mumkin. Shu bilan birga, bunday o‘qlar uzoq yillar davomida portlamasligi mumkin, shuning uchun ular tinch aholi uchun xavf tug‘diradi.

Ushbu turdagi quroldan foydalanish 2010-yilda kuchga kirgan Kassetali o‘qlar to‘g‘risidagi konvensiya bilan taqiqlangan. Unga 123 ta davlat imzo chekkan. Shu bilan birga, na AQSH, na Ukraina, na Rossiya uning ishtirokchisi hisoblanadi. Qo‘shma Shtatlar kassetali o‘q-dorilardan foydalanishni 2016-yildan boshlab to‘xtatgan. Xabarlarga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi urushda ushbu turdagi qurollardan faol foydalanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »