Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina hukumati Baxmut mudofaasini davom ettirishga qaror qildi, chunki mamlakat Qurolli kuchlarining chekinishi Rossiya harbiylarining oldinga siljib, Donbassning boshqa yirik shaharlarini nazoratga olishini ta’minlaydi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy CNN’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

“Ular Baxmutdan keyin harakatlarni davom ettirishini tushunamiz. Ular Kramatorskka, Slyavyanskka borishi mumkin. Bu rossiyaliklarga Donetsk yo‘nalishidagi boshqa shaharlar uchun ochiq yo‘lga aylanadi. Mana, nima sababdan bizning yigitlarimiz u yerda turibdi”, — deydi Zelenksiy.

Telekanalning ta’kidlashicha, Baxmut “u qadar muhim strategik ahamiyatga” ega emas, ammo rostdan ham yirik shaharlarga yo‘lni ochib beradi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu avvalroq ushbu shaharni Donbassdagi Ukraina qo‘shinlari mudofaasining muhim bo‘g‘ini ekanini aytgandi. Unga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari tomonidan shaharning nazoratga olinishi “Ukraina Qurolli kuchlari mudofaasi uchun keyingi hujum operatsiyalarini” o‘tkazish imkonini beradi.

CNN’ning ma’lum qilishicha, ayrim ukrain komandirlari va ofitserlari yo‘qotishlar fonida shaharni saqlab qolish maqsadga muvofiqligiga shubha bildirmoqda, bu minglab ukrain harbiy xizmatchilarining qurshovda qolib ketishiga olib kelishi mumkin. Zelenskiy bunday gap-so‘zlar borligini rad etib, Qurolli kuchlar qo‘mondonligi vakillaridan “hech qachon bunaqa narsani eshitmaganini” bildirgan.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar tinch aholining ketishiga yordam berish uchun shaharda qolishlari kerakligini o‘zlari tushunib turibdi. Bosh vazir o‘rinbosari Irina Vereshukka ko‘ra, Baxmutda 4 mingga yaqin tinch aholi qolgan. Fevral o‘rtalarida u aholini zudlik bilan shaharni tark etishga chaqirgandi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va general Valeriy Zalujniy o‘rtasida urush kechayotgan Donetsk viloyati Baxmutda qanday harakatlanish borasida kelishmovchilik yuzaga kelgani aytilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »