Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In harbiylarga “haqiqiy urush” uchun mashg‘ulotlarni kuchaytirishni buyurdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Foto: KCNA

9-mart kuni Shimoliy Koreya g‘arbiy sohillar yaqinidagi suvlarga yaqin masofali ballistik raketa uchirdi. Mahalliy matbuot bir vaqtning o‘zida oltita raketa uchirilganini ma’lum qildi. Oxirgi raketa AQSH va Janubiy Koreya kelasi hafta o‘zlarining eng yirik qo‘shma harbiy — Freedom Shield mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotganida uchirildi.

Foto: AP

 

KCNA’ning ma’lum qilishicha, “zarba berish missiyalari”ga tayyorlangan bo‘linma “nihsondagi suvlarga kuchli o‘q uzgan” va “haqiqiy urushga qarshi turish” qobiliyatini ko‘rsatgan.

“Kim Chen In hujum bo‘linmalari ikkita strategik vazifani bajarishda yuqori mahoratga ega bo‘lishi uchun tayyorgarlikdan o‘tishi kerakligini ta’kidladi. Ulardan biri urushni to‘xtatish, ikkinchisi urushda tashabbusni qo‘lga kiritish, bunda haqiqiy urush uchun turli xil mashqlarni doimiy ravishda kuchaytirish”, — deydi mahalliy KCNA nashri.

Shimoliy Koreya yetakchisiga bir qator yirik harbiy tadbirlarda uning qizi hamrohlik qiladi. Ular oxirgi marta artilleriya mashg‘ulotlariga rahbarlik qilgan. Harbiy qism va diviziya elementlarini ko‘zdan kechirgan Kim Chen In Shimoliy Koreya rahbari “urushga tayyorgarlikning haqiqiy holati va askarlarning xizmat muddati bilan batafsil tanishgan”.

Kim Chen Inning merosxo‘ri — Chju E haqida nimalar ma’lum?

2022-yil noyabrida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qizi Chju Eni ilk bor ko‘rsatdi. Bungacha KXDRning 38 yoshli yetakchisi hech bir farzandini ommaga namoyish qilmagan. Chju E mamlakatdagi eng yirik qit’alararo ballistik raketani ishga tushirish jarayonida otasi yonida bo‘lgan.

Vashingtondagi Stimson markazining Shimoliy Koreya bo‘yicha eksperti Maykl Maddenning fikricha, Kim qizini ommaga olib chiqish orqali uning hokimiyat davomchisi ekanini ko‘rsatishi mumkin. Yanvar oyida Shimoliy Koreya yetakchisi qizi bilan qo‘shinlar va qit’alararo ballistik raketani tekshirish davomida ko‘rinish berdi. KXDR davlat axborot agentligi KCNA qizni Kim Chen Inning “eng sevimli” va “qimmatli” farzandi deb atagan.

Ayrim tahlilchilarning fikricha, Kim Chen In erta bosqichda hokimiyatning ehtimoliy merosxo‘ri nomini aytib, otasi yo‘l qo‘ygan xatodan qochishga harakat qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »