Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qizi Kim Chje E bilan birga artilleriya mashg‘ulotlariga rahbarlik qildi. Mashg‘ulotlar davomida “g‘arbiy frontdagi” dushmanning shartli aerodromiga hujum qilish ssenariysi ishlab chiqildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabarida aytiladi.

Foto: KCNA

Harbiy qism va diviziya elementlarini ko‘zdan kechirar ekan, Shimoliy Koreya rahbari “urushga tayyorgarlikning haqiqiy holati va askarlarning xizmat muddati bilan batafsil tanishgan”. Xabarda aytilishicha, Kim Chen In “mashg‘ulot natijalaridan katta mamnuniyat izhor etgan” va “artilleriya qo‘shinlarining kuchli va qatʼiy tayyorgarligini yuqori baholagan”.

U KXDR rahbariyati “dushmanning urushga turli darajada tayyorgarlik ko‘rayotganidan doim xabardor”ligini qo‘shimcha qilgan.

Mart oyida Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon agar AQSH Shimoliy Koreyaning Tinch okeanida sinovdan o‘tkazadigan qit’alararo raketasini urib tushirishga urinsa, Pxenyan buni urush e’lon qilinishi deb baholashini aytgandi. Shuningdek, Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirining xalqaro tashkilot bo‘yicha o‘rinbosari Kim Son Gen BMTni AQSH va Janubiy Koreyadan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni to‘xtatishni talab qilishga chaqirgan.

So‘nggi oylarda KXDR rahbari qizi Kim Chje Eni ko‘plab ijtimoiy-siyosiy tadbirlarga olib bormoqda: masalan, fevral oyining o‘rtalarida ular birga sport musobaqalarida qatnashdi, oy boshida esa Kim Chen In rafiqasi va qizi bilan Koreya xalq armiyasining 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanaga tashrif buyurdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »