Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

The New York Times nashri Rossiya va Ukraina kuchlari o‘rtasida shiddatli jang kechayotgan Baxmut shahrini sun‘iy yo‘ldoshdan ko‘rinishini namoyish qildi. Suratlar Maxar Technologies kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.

Foto: Maxar Technologies

Sun’iy yo‘ldosh tasvirida 6-mart va 23-fevral kunlaridagi holat namoyish qilingan. Unda shaharning sharqiy qismi eng ko‘p vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Foto: Maxar Technologies

Yana bir suratdan so‘nggi bir necha hafta ichida Baxmut janubidagi hudud va ko‘prik katta zarar ko‘rgani aks etgan. 23-fevraldagi suratda esa shahardagi sanoat korxonalari va turar joy binolari vayron qilingani ko‘rsatilgan.

Foto: Maxar Technologies

Avvalroq Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Ukraina kuchlari Donetsk viloyatining Baxmut hududida mudofaa perimetrini kuchaytirganini ma’lum qilgandi. Britaniya razvedkachilari 2-mart kuni Baxmutdagi ko‘prik portlatilganini eslatib o‘tgan va bu qayta ta’minot harakatlarini murakkablashtirishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, razvedka “Vagner” va Rossiya Mudofaa vazirligi o‘rtasida o‘q-dorilarni taqsimlash bo‘yicha ommaviy kelishmovchilik oldinga siljish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy tarkibni va ​​o‘q-dorilarni ushlab turishda qiyinchilikka sabab bo‘lishini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »