Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns Rossiyaning Ukrainadagi urushi Xitoyning Tayvanni bosib olish haqidagi fikriga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: Reuters

Vakillar palatasida bo‘lib o‘tgan global tahdidlarni tinglash chog‘ida Berns Ukrainadagi voqealarni Xitoy rahbari Si Szinpindan boshqa hech kim diqqat bilan kuzatmaganini aytdi. 

“Menimcha, Vladimir Putinning Ukrainadagi tajribasini hech kim Si Szinpindan ko‘ra diqqat bilan kuzatmagan va u ma’lum darajada hushyor tortdi. Chunki G‘arb birdamlikni saqlab, qisqa muddatli iqtisodiy xarajatlarning bir qismini ko‘tara oldi”, — deydi u.

Bernsning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rahbari jahon iqtisodiyotining qolgan qismi bilan o‘zaro aloqada bo‘lishga va pandemiyadan keyin o‘z mamlakatining iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini tiklashga urinayotganda buni e’tiborga olishi kerak.

Avvalroq Uilyam Berns Xitoy 2027-yilda Tayvanga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishi mumkinligini aytgandi, ammo bu bosqin haqiqatda sodir bo‘ladi degani emasligini bildirgan. 

“Xitoyning Tayvanga nisbatan niyatini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak, biroq Ukrainadagi urush Pekinni ‘xotirjam qildi‘”, — deydi u.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ham Xitoy Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini diqqat bilan kuzatayotganini va kelajakdagi qarorlarga, xususan, Tayvanga nisbatan ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan saboqlarni olayotganini aytdi. 

“Agar Putin Ukrainada g‘alaba qozonsa, bu avtoritar rejimlar qo‘pol kuch bilan o‘z maqsadlariga erishishi mumkinligidan dalolat beradi. Bu xavfli”, — degan Stoltenberg.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »