Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi 45 yoshli erkak qorniga pichoq urib, joniga qasd qildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Jalaquduq tumanida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro E.A. 2023-yilning 28-fevral kuni soat 18:30 larda xonadonida qorin sohasiga pichoq urib, o‘z joniga qasd qilgan. Marhum tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan. Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan, u shifoxonada vafot etgan.

Taʼkidlanishicha, E.A. 2011-yilda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Shundan so‘ng E.A. 2012-yildan 2022-yilga qadar deportatsiya qilinguncha Qozog‘iston Respublikasida ishlab kelgan. 2020-yildan buyon xonadonida 2 nafar voyaga yetmagan qizi bilan yashab kelgan. Vafot etgunga qadar kunlik mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanib kelgan, ichkilikbozlikka ruju qo‘ygan.

Jalaquduq tuman prokuraturasi tomonidan ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »