Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Madridning “Real” jamoasi “Barselona”ning hakamlar bilan bog‘liq korrupsiya holati bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Getty Images

Avvalroq Barselona prokuraturasi klub va uning sobiq prezidentlari Xosep Bartomeu va Sandro Roselni sudga bergandi. Bunga sabab sobiq rahbarlar va hakamlar qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyra o‘rtasida korrupsiyaviy holat aniqlangan. 

“Bugungi yig‘ilishda “Real Madrid” direktorlar kengashi Barselona prokuraturasi tomonidan “Barselona” sobiq rahbarlariga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni ko‘rib chiqdi. 

“Real” faktlarning jiddiyligidan xavotirda ekanligini bildirmoqchi va huquqiy tizimga ishonchini yana bir bor ta’kidlaydi. Klub o‘zining qonuniy huquqlarini himoya qilgan holda sudda ishtirok etishga rozi bo‘ladi”, — deyiladi bayonotda. 

Barca Universal nashrining xabariga ko‘ra, “Barselona” madridliklarning ushbu bayonotidan hayratda qolgan. Bayonotdan so‘ng klublar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashishi mumkin. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »