Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Sirskiy Baxmutdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Foto: Reuters

Donetsk viloyati Baxmut atrofidagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda, chunki Rossiya armiyasi Ukraina qo‘shinlarining mudofaasini yorib o‘tishga urinmoqda.

“Baxmut atrofidagi vaziyat og‘ir. ‘Vagner’ hujum otryadlari bir necha yo‘nalishdan oldinga o‘tib, qo‘shinlarimiz mudofaasini yorib o‘tgan holda shaharning markaziy hududlariga kirishga urinmoqda”, — dedi u.

Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir janglarda ukrainalik himoyachilar dushmanga katta talofatlar yetkazmoqda.

“Artilleriya, tank va boshqa qurollar yordamida dushmanning shaharni egallashiga to‘sqinlik qilinmoqda. Shahar mudofaasi davom etmoqda”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »