Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya suvosti kemasidan noma’lum raketa uchirdi, deb xabar bermoqda Yonhap nashri Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib.

Foto: EPA

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Pxenyan suvosti kemasidan ikkita “strategik qanotli raketa” uchirilgan. Janubiy Koreya harbiylari snaryadlar KXDR sharqiy sohilidagi Sinpxo shahridan uchirilgan deb hisoblamoqda. Tafsilotlar hozircha xabar qilinmagan.

“Bizning harbiylar kuzatuv va hushyorlikni oshirib, Qo‘shma Shtatlar bilan yaqin hamkorlikda to‘liq shay holatda”, — deyiladi Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining jurnalistlarga yuborgan bayonotida.

Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligining xabar berishicha, raketalar Kenpxo ko‘rfazida 8.24 Yongung suvosti kemasidan uchirilgan va Yapon dengizidagi nishonga teggan. “Mashg‘ulotlar ushbu qurol tizimining ishonchliligini tasdiqladi va respublika yadroviy tiyib turish qobilyatining yana bir muhim tarkibiy qismi bo‘lgan suvosti kuchlari tezkor shayligini sinovdan o‘tkazdi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Shimoliy Koreya raketalarining sinovi 13-martda boshlanadigan Seul va Vashington qo‘shma mashg‘ulotlari oldidan amalga oshirildi. Pxenyan qo‘shma mashg‘ulotlarni o‘ziga qarshi “agressiv urushga tayyorgarlik” deb baholagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »