Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy butun mamlakat hududini birlashtirishga erishishi kerak, dedi Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpin Butunxitoy xalq vakillari kengashining 14-chaqiriq birinchi sessiyasi yakuniy yig‘ilishida so‘zlagan nutqida. Sinxua uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

Foto: U.S.Navy

“Biz  buyuk maqsad — ‘Bir davlat, ikki tizim’ modelini va vatanni birlashtirishni qatʼiy targ‘ib qilishimiz kerak. Kuchli mamlakat qurish Gonkong va Makaoning (Xitoyning maxsus ma’muriy hududlari) uzoq muddatli farovonligi va barqarorligidan ajralmaydi. Vatanni to‘liq birlashtirish maqsadi barcha xitoylik o‘g‘il-qizlarning umumiy istagi va milliy tiklanishni anglatadi”, — dedi Si Szinpin.

“Pekin Tayvan bo‘g‘ozining har ikki tomonidagi munosabatlarni tinch yo‘l bilan rivojlantirishga intiladi va tashqi aralashuv va separatizmga qarshi turadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Tayvan 1949-yilda Xitoydan mustaqilligini e’lon qilgan. Pekin hamon orolni o‘zining bo‘lginchi viloyati deb biladi. Biroq Taypey XXR taklif qilgan “Bir davlat, ikki tizim” modelini rad etib keladi.

Xitoy milliy mudofaa strategiyasini aks ettiruvchi Oq kitobida qayta birlashishga qaratilgan tinchlik sa’y-harakatlarida o‘sish bo‘lmasa, Tayvan muammosini kuch bilan hal qilishni istisno etmagan. Xususan, tashqi kuchlar va orol davlatning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchilarning ehtimoliy aralashuvi bilan bunday qaror qabul qilinishi mumkin.

Ma’lumot uchun, mart oyida 2012-yildan beri XXR raisi lavozimida ishlab kelayotgan Si Szinpin ketma-ket uchinchi muddatga qayta saylandi. XXR davlat kengashi bosh vaziri lavozimini esa Shanxay sobiq yetakchisi, Si Szinpinga yaqin Li Siyan egalladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »