Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil 13-mart kuni eng keksa falastinlik mahbusni 17 yillik qamoqdan so‘ng ozod qildi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Foto: AFP

83 yoshli Fuad al-Shubakiy Isroilning markaziy qismidagi Ashkelon qamoqxonasidan ozod qilingan va tez yordam mashinasida Xevron shahri g‘arbidagi Tarkumiya nazorat punktiga yetkazilgan va u yerda oilasi tomonidan kutib olingan. Al-Shubakiy ozodlikka chiqqanidan keyin Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarni ozod qilishga chaqirgan. Falastin ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil qo‘lida 4780 nafar falastinlik bor, ulardan 160 nafari bolalar va 29 nafari ayol mahbuslardir.

Foto: AFP

Falastin Mahbuslar jamiyati nohukumat tashkiloti al-Shubakiy surunkali kasalliklardan aziyat chekkani va qamoqxonadagi jismoniy ehtiyojlarini qondirish uchun hamkasblariga tayanganini aytdi. 1940-yilda G‘azoda tug‘ilgan al-Shubakiy Fath guruhining yuqori martabali a’zosi bo‘lgan va Falastinning marhum prezidenti Yosir Arofatga ko‘plab tashqi tashriflarida hamrohlik qilgan.

Foto: AFP

“Yosir Arofat biz uchun chizgan yo‘ldan boramiz, uning qarshiligini qancha bo‘lmasin davom ettiramiz, vatanimiz, xalqimiz va bu yo‘lda shahid bo‘lganlar haqida gap ketganda jonimiz qadrsiz”, — degan u.

U 2002-yil Qizil dengizda Isroil tomonidan qo‘lga olingan Karine A kemasida Erondan G‘azo anklaviga qurol olib o‘tishga uringanlikda ayblangan. Isroil harbiylari kemada 50 tonna qurol, jumladan, Eron va Livandagi Hizbulloh shia harakatining qisqa masofali Katyusha raketalari, tankka qarshi raketa va portlovchi moddalarni tashiyotganini da’vo qilgan.

Foto: AFP

U Falastin ma’muriyati tomonidan G‘arbiy Sohildagi Yerixo shahrida AQSH va Britaniya nazorati ostida ushlangan. 2006-yilda qamoqxona isroil kuchlari tomonidan bostirib kirilgan va Shubaki Isroilga olib ketilgan, u yerda harbiy sudda sudlangan. U 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, keyinchalik bu muddat 17 yilga qisqartirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »