Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farhod Mannopov vafoti ortidan “Star Med” klinikasi litsenziyasi to‘xtatilganidan so‘ng ham faoliyatini yuritayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. SSV mazkur xabarlarga munosabat bildirdi

Xabarga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi bloger F.Mannopov vafoti yuzasidan “Omad plyus” MCHJga qarashli “StarMedSentr” klinikasida tekshiruvlar olib borilayotganini, shu sababli muassasa faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini maʼlum qilgan edi. Shundan so‘ng ayrim internet nashrlarida mazkur xususiy klinika hali ham ishlayotgani, vazirlik esa jamoatchilikka noto‘g‘ri axborot taqdim etgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Ayni paytda vazirlik tegishli organlar bilan birgalikda fuqaro F.Mannopov vafoti yuzasidan poytaxtdagi “StarMedSentr” klinikasida o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Dastlabki tekshiruv maʼlumotlariga ko‘ra, mazkur tibbiyot muassasasida bir qator litsenziya talab va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan.

Shu sababli Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom”ning 40-bandiga asoslanib, vazirlikning joriy yil 11-martdagi 33-06795-sonli qarori bilan “Omad plyus” MCHJga 2021-yil 16-fevralda tibbiy faoliyat uchun berilgan 27390032-sonli litsenziya talablari va shartlari buzilgani hamda kelgusida salbiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida vaqtincha to‘xtatilgan.

Bu haqdagi maʼlumot esa vazirlikning 33-06793-sonli xati bilan shu yil 11-mart kuni mazkur klinikaning elektron shaxsiy kabineti va telefon raqamiga SMS orqali yuborilgan. 13-mart kuni tegishli hujjatlar qog‘oz shaklida takroran klinikaning pochta va faoliyat manziliga jo‘natilgan.

Shuningdek, Adliya vazirligining mazkur reyestrida ham ushbu tashkilotning litsenziyasi to‘xtatilgani keltirilgan. “Omad plyus” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli ushbu xususiy tibbiyot muassasasi 2023-yil 14-mart kunidan boshlab, 10 kun muddatga o‘z faoliyatini to‘xtatganini vazirlikka maʼlum qildi.

“Mitti vayn” taxallusi bilan tanilgan 27 yoshli vayner Farhod Mannopov 5-mart kuni Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan klinikalardan birida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Farhod Mannopovning o‘limiga narkozni ko‘p berib yuborish sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura blogerning vafoti yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olingani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »