Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari, sobiq prezident Dmitriy Medvedev bir yil ichida Telegram’dagi postlarida Ukraina kelajagi haqida 12 ta ehtimoliy ssenariyni va butun dunyodagi vaziyat rivojlanishining bir necha variantlarini yozgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Kremlin

Ular orasida Ukrainaning dengizga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi, Lvovning Lembergga aylanishi va boshqa hududiy yo‘qotishlar, harbiy to‘ntarish, Kiyevning “to‘liq taslim bo‘lishi” va hatto mamlakat va uning davlatchiligi butunlay qulashi haqida prognozlar bor.

Rossiya “maxsus operatsiyasi” boshlanganidan ko‘p o‘tmay, siyosatchi G‘arb ijtimoiy tarmoqlari uning obro‘siga putur yetkazayotganini da’vo qildi va 2022-yil 14-martda o‘zining Telegram kanalini ishga tushirdi, uch kundan keyin uning birinchi posti paydo bo‘ldi. Hozir kanaldagi postlar soni 267 ta, obunachilar soni esa bir milliondan oshadi.

Medvedev postlarni o‘zi yozishini tan olgan va o‘tkir uslub o‘quvchilarga dolzarb mavzulardagi fikrlarni yetkazish osonlashtirishini aytgan.

Siyosatchi, yadro potensiallari va ularning to‘qnashuv xavfini 20 martadan ortiq tilga olgan. Uning fikricha, agar urush cho‘ziladigan bo‘lsa, “shunday paytga keladiki, amerikaliklar nazoratga olgan mamlakatlarning yangi harbiy ittifoqi tuziladi”. Shu bilan birga, Medvedev faqat “Rossiyaning to‘liq va yakuniy g‘alabasi global mojaroning oldini olishga kafolatdir” deb ishonadi.

Medvedevning Telegram’da yozganlari yil davomida taxminan 262,5 ming belgini tashkil etdi. O‘rtacha so‘nggi uch oyda siyosatchining postlari 2 millionga yaqin ko‘rilgan. Barcha davrlarda eng ko‘p o‘qilgan post 2022-yil 7-iyundagi bo‘lib, unda Medvedev Telegram’dagi postlari nega keskin ohangda ekanini tushuntirib, Rossiya dushmanlaridan nafratlanishini taʼkidlagan. Xabar 6,1 millionga yaqin ko‘rilgan.

Medvedev boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ham yuritishda davom etmoqda, shu jumladan ba’zan Twitter’ga yangi post qo‘yadi (u rus tilidagi sahifada 20 ta, ingliz tilidagida 69 ta tvit yozgan).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »