Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda endi yaroqlilik muddati o‘tgan, noto‘g‘ri markirovkaga ega mahsulotlar haqida xabar bergan fuqarolar rag‘batlantiriladi. Bu haqda Toshkent shahrida 14-mart kuni o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shohrux Shorahmedov aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

Shohrux Shorahmedovning ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan o‘rganishlar va iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili sohada juda ko‘p ishlarni amalga oshirish kerakligini ko‘rsatmoqda.

“Jumladan, elektron tijorat sohasida onlayn xaridlardagi mahsulotlarning sifati bilan bog‘liq masalalar, moliyaviy xizmatlar sohasida iste’molchilarga noto‘g‘ri ma’lumot berish va yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmagan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda tushunarsiz taklif va ofertalardan foydalanish orqali zarar yetkazish, mahsulotlarning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablarga amal qilinmagani kabi muammolar mavjud”, — deydi Raqobat qo‘mitasi raisi.

Foto: Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

Uning qo‘shimcha qilishicha, savdo markazlaridan mahsulot xarid qilgan iste’molchilarga bonus kartalari va boshqa chegirmalarni taqdim etish paytida olingan personal ma’lumotlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari uchramoqda.

“Iste’molchiga qo‘ng‘iroq qilib, ‘siz aksiya yoki boshqa sovringa ega bo‘ldingiz, foydalanish uchun qandaydir mahsulotni chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin’ kabi gaplar bilan ularni chalg‘itish kundan-kunga avj olib bormoqda”, — dedi Shohrux Shorahmedov.

Foto: Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

Ta’kidlanishicha, yil yakunigacha noto‘g‘ri markirovkalangan, yaroqlilik muddati o‘tgan iste’mol tovarlari va dori vositalari narxi bo‘yicha huquqbuzarlik haqida xabar bergan jamoatchilik nazorati subyektlarini rag‘batlantirish tizimini joriy qilish rejalashtirilgan. Tajriba tariqasida tovar va xizmatlarning sifati ustidan “mahalla nazorati” mexanizmi joriy etiladi.

Foto: Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

Shuningdek, 2023-yil davomida quyidagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

  • maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalarini hamda xususiy tibbiy xizmat ko‘rsatish qoidalarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • iste’molchilar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘ygan subyektlarni “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi bilan e’tirof etish;
  • “qora ro‘yxat”ga kiritilgan subyektlarga nisbatan sanksiya qo‘llash.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda egallab olinishi haqida xabar bergan, noqonuniy olib jo‘natgan fuqarolar rag‘batlantiriladi. Shuningdek, qorovullik xizmatlariga huquqbuzarlik haqidagi xabarlar uchun pul to‘lanadi.

Mavzuga doir:

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Izoh

Ergashev Javohir

14.03.2023, 19:46

nmayam derdik

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »