Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyadagi asr falokati — 2023-yilning 6-fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida vafot etganlar 47 ming 475 nafar kishini tashkil qilsa, marhumlarning 7 nafari o‘zbekistonliklar hisoblanadi. Bu haqda Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar o‘zbekistonlik jurnalistlar bilan bo‘lgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

“’Asr falokati’ yetti nafar o‘zbek qardoshimizni ham qo‘shib hisoblaganda 47 475 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Xalqaro miqyosda ko‘rsatilgan yordamlarda eng oldingi safda kelgan mamlakatlardan biri azaliy va abadiy qardoshimiz O‘zbekiston davlati bo‘ldi. O‘zbekiston davlati va xalqi tarixda bo‘lgani singari bu mashʼum falokatdan so‘ng ham doimgi oliyjanobligini namoyish etib, o‘lkamizni yolg‘izlatib qo‘ymadi. Dastavval prezident Mirziyoyev, Vazirlar Mahkamasi va davlat tashkilotlarining deyarli barcha yuqori darajali rahbarlari elchixonamizga tashrif buyurib, taʼziya daftarni imzolaganlari xotiradan o‘chmaydigan birdamlik timsoli bo‘ldi”, — deydi elchi Olgan Bekar.

Olgan Bekar.
Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev
Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

Elchining aytishicha, O‘zbekiston hukumati tomonidan 6-fevraldan 13-fevralgacha Adana viloyatiga qidiruv-qutqaruv, tibbiyot jamoalari hamda gumanitar yordamni tashuvchi 6 ta alohida kargo reysi tashkil etilgan.

Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

“Bu reyslar orqali davlatimizga yetib borgan 100 kishidan iborat O‘zbekiston qidiruv-qutqaruv jamoasi, Hatay viloyatida qutqarish ishlarini bajardi. 25-fevral kuni O‘zbekistonga qaytgan o‘zbek qidiruv-qutqaruv jamoasi qutqaruv ishlari davomida 18 kishini vayronalar ostidan tirik olib chiqqan bo‘lsa, 190 kishining jasadini topishga erishdi. 8-fevral kuni yetib borgan 71 kishilik tibbiyot xodimlari esa Hatay viloyatida dala gospitali o‘rnatib, 1795 nafar erkak, 1177 ayol va 888 nafar bolaga tibbiy yordam ko‘rsatdi”, — deydi janob Olgan Bekar.

Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekiston havo yo‘llari, Turk havo yo‘llari, MNG Kargo va yuk transportlari orqali bugungacha Turkiyaga 674 tonna gumanitar yordam yetkazib berilgan.

Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

“Shu bilan birga moliyaviy yordamlar ‘Ziraat bank O‘zbekiston’ orqali ham mamlakatimizga yuborildi. Bugungi kungacha 644 ming dollar miqdoridagi naqd mablag‘ Turkiyaga yordam sifatida yuborildi va mablag‘lar hamon kelishda davom etmoqda”, — deydi elchi.

Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar “Daryo” muxbirining Turkiya davlati zilziladan jabrlanganlarga yangi uylar qurish uchun, yangi shaharlar barpo etish uchun qurilishda tajribasi bor davlatlar bilan hamkorlik qilishni rejalashtirganmi degan savoliga Turkiya davlatining qurilish sohasida uzoq yillik tajribasi borligini aytib, zilziladan so‘ng xulosa qilinganini va endi qurilishi mumkin bo‘lgan uylar uzoq yillik tajribaga asoslangan holda turk quruvchilari tomonidan amalga oshirilishini maʼlum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »